Bugun, 12 oktyabr kuni soat 15:08 da Toshkent viloyati Zangiota tumani “Chig‘atoy Oqtepa” MFY Toshkent xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida joylashgan mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 15:16 da yetib borib, yong‘in soat 15:25 da qurshab olingan va soat 16:07 da batamom o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida mebel ishlab chiqarish sexining taxminan 170 kv.m. maydonda tomi, shifti hamda ichki jixozlari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.