FVV ogohlantiradi:
28 may kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, shimoliy cho‘l hududlarida 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-39*S issiq bo‘lib, shimoliy cho‘l hududlarida 40-41* S gacha issiq bo‘ladi.

«Yаngi yil archasi» tadbirlari

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan boshqarmadagi barcha xodimlarning farzandlari uchun “Yаngi yil” archasi tashkil qilindi.

Mazkur tadbirda bolajonlar uchun ertak va multfilm qahramonlari ishtirokida sahna chiqishlari namoyish etildi hamda Qorbobo sovg‘alari tarqatildi.

Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari S.Qudratov ishtirok etib, boshqarmaning barcha xodimlarini va bolajonlarni kirib kelayotgan Yаngi 2018 yil bilan qutlab, o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.

Bu kabi bayram tadbirlari vazirlikning barcha hududiy va tarkibiy tuzilmalarida o‘tkazilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech