Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

“YANGI YIL SOVG‘ASI” – MEHR VA G‘AMXO‘RLIKNING YORQIN IFODASIDIR

Biz o‘zbeklar azaldan bolajon xalqmiz. Jami yaxshiliklar, yaxshi narsalarni bolalarga ilinamiz. Ularning quvonchidan, tabassumidan zavq olamiz va baxt topamiz.

Yangi yil bayrami arafasida bolajonlarga “Yangi yil sovg‘alari”ning taqdim etilishi ana shu anananing yuksak namunasidir.

Ana shu maqsadda kuni kecha Toshkent viloyati FVB tizimida xizmat qilib kelayotgan harbiy xizmatchi va xizmatchilarning bolajonlariga yangi yil bayrami sovg‘alari topshirildi. Ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etilgan ushbu tadbirlar bolajonlarning xotirasida uzoq vaqt saqlanib qolishiga xizmat qiladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech