Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
23 sentyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol g'arbiy yo'nalishdan sharqiy yo'nalishga o'zgarib 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-27 С iliq bo‘ladi.

Yangi yilda yangi xonadon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimizni 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Murojaatnomalarida yurtiimizning mudofaa qobiliyatini kuchaytirish, Qurolli Kuchlarimiz salohiyatini oshirish bilan bog‘liq vazifalar ko‘rsatib berildi.

Unda, ta’kidlanganidek, “O‘tgan qisqa davrda milliy armiyamizni isloh qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar qabul qilinib, Qurolli Kuchlarimiz qiyofasini tubdan o‘zgartirish jarayoni boshlandi”. Ushbu hujjatda muhtaram YUrtboshimiz harbiy xizmatchilar va ularning oilalarini ijtimoiy himoya qilish bilan bog‘liq qimmatli ma’lumotlarni ham keltirib o‘tdilar. Jumladan, “... harbiy xizmatchilar, ularning oilalari va faxriylarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda gapirganda, 2017 yilda harbiy xizmatchilar uchun 56 ta ko‘pqavatli uy barpo etilganini va bu ishlar kelgusi yilda yanada katta hajmda davom ettirilishini ta’kidlash joiz”.

Ayni shu maqsadda 2018 yilning 13 yanvar kuni  poytaxtimizning Yunusobod tumani, Qoraqamish ko‘chasida mana shunday shodiyona bayram O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 15 nafar harbiy xizmatchilari uchun muhim sana sifatida tarixga muhrlandi.

Tadbirni Favqulodda vaziyatlar vaziri R.Djuraev ochib berdi va barcha harbiy xizmatchilarni bayram bilan tabrikladi. Shundan so‘ng, xonadonlarning kalitlari o‘z egalariga topshirildi.

Vazir R.Djuraev yangi barpo etilgan xonadonlarda yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Shu bilan birga harbiy xizmatchilarning oila-a’zolari bilan samimiy suhbat olib bordi.

Shuningdek, xizmat vaqtida halok bo‘lgan mayor I.Isroilovning oilasiga ham yangi xonadonning kaliti tantanali ravishda topshirildi. Vazir R.Djuraev xonadon sohiblarini samimiy qutlash chog‘ida, bugungi kunda hukumatimiz tomonidan sohaga qaratilayotgan yuksak e’tibor, yaratilayotgan shart-sharoitlar xususida alohida to‘xtalib o‘tdi.

O‘z o‘rnida ta’kidlash kerakki, yurtimiz tinchligi, xalqimiz xotirjamligini ta’minlashda Favqulodda vaziyatlar vazirligi mamlakatimiz aholisi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda bor kuch-imkoniyatlarini safarbar etib kelmoqda.

Bu jarayonda, albatta, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yurtimizda favqulodda vaziyatlarning oldini olish tizimi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligini tubdan takomillashtirishga oid qabul qilingan Farmon hamda qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bu boradagi qator qarorlarini o‘ziga xos tarixiy sahifalardan biri sifatida baholash mumkin.

Mazkur islohotlar sababli bugun qutqaruv tuzilmalarining safi, faoliyat ko‘lami yanada kengayib, qutqaruvchilarimiz tobora xalq ishonchini qozonib kelmoqdalar.    

Yangi 2018 yil – “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” boshida o‘tkazilayotgan ushbu tantanali tadbirimiz, umid qilamizki, vazirligimiz tizimi xodimlarining ona vatanga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirib, el-yurt manfaatlari yo‘lida xotirjam xizmat olib borishlarida munosib rag‘bat bo‘ladi.

                                                                                                                                                                 

                                                                                                                                                                   FVV Matbuot xizmati

 

O'xshash yangiliklar

Maxsus xabarnoma

Fargona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan malumotga asosan, 2018 yil 22 sentyabr kuni soat 06:00larda Oltiariq tumani Belariq MFY hududidan otuvchi PK- 51.2 Navbahor Uch uy Olti…

Maxsus xabarnoma

Avval habar berganimizdek, Buxoro viloyati Kogon shaxrida sodir bolgan kongilsizlik oqibatida jabrlangan va halok bolgan shaxslarning royhati. Vafot etgan fuqarolar: Xilola Jumaeva, 1982 y.t. Ergashe…

MAXSUS XABARNOMA

Joriy yilning 18 sentyabr kuni ertalab soat 08:30larda Buxoro viloyati Kogon tumani hududidan otuvchi Buxoro-Qorovulbozor magistral yolida 26 nafar yolovchisi bolgan avtobusining metan gaz baloni por…

Axborot xabarnomasi

Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi malumotiga kora 2018 yil 15 sentyabr kuni soat 00:40 da Sankt-Peterburg shahri Nevskiy rayoni Gluxoozyorsk kochasi 11 uydagi angarda yongin sodir …

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech