Kecha, 5-dekabr kuni soat 20:03 da Toshkent shahar Yangihayot tumani “Viqor” MFY Yo‘ldosh 6-dahasida joylashgan 2 qavatli uy xonadonlarining birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 20:06 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 20:33 da qurshab olingan va soat 20:40 da bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida xonadonning taxminan 100 kv.m maydonda ichki qismi yonib zararlangan.
Yong‘inni bartaraf etish jarayonida xonadondan 2 nafar fuqarolarni kuygan holdagi jasadlari topilgan.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Shuningdek, hodisa joyiga FVB, IIB, SSB va prokuratura xodimlari yetib borgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.