Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Yangihayot tumanidagi uylarning birda sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi

Bugun, 11 oktyabr kuni soat 09:50 da Toshkent shahar Yangihayot tumanida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 09:53 da yetib borib, yong‘in soat 10:03 da qurshab olingan va soat 10:25 da bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida uyning taxminan 20-25 kv.m. maydonda shift va ichki qismi yonib zararlangan.

Tezkor harakatlar natijasida 6 nafar fuqaro qutqarilib, hayoti saqlab qolingan, 1 nafar fuqaro ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan xalok bo‘lgan.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etishni so‘rab qoladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech