FVV ogohlantiradi:
2 dekabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda yomg'ir yog'ish mumkin Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-28 m/s (61-100 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9*S iliq, kunduzi 19-24*S iliq bo'ladi.

Yangiyo‘l shahrida “General va yoshlar” uchrashuvi

Joriy yilning 24-noyabr kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida joylashgan 12-sonli ingliz tili faniga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “General va yoshlar” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Shtab boshlig‘i general-mayor A.H.Qo‘ldoshev o‘quvchi yoshlar bilan uchrashdi.

General dastavval bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligi, o‘tgan vaqt ichida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratilganligini ta'kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng o‘zining bosib o‘tgan hayot va xizmat yo‘lini hikoya qilish bilan birga, Vatanning aziz va muqaddasligi, uni hamisha asrab-avaylash, yoshlarga qaratilayotgan e'tibor va g‘amxo‘rliklar, o‘z navbatida, ulardan oqilona foydalanish va aniq ezgu maqsad sari intilish kerakligini uqtirdilar.

Tadbir davomida o‘quvchi yoshlarni qiziqtirgan savollarga javoblar ham samimiy va hayotiy kechdi. O‘quvchilar generalning nafaqat harbiy soha bilan chambarchas bog‘langan umr yo‘li bilan yaqindan tanishishdi, qolaversa, o‘zlarini qiziqtirgan juda ko‘plab mavzular yuzasidan ham tavsiyalar oldilar. 

Uchrashuv davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligining qidiruv-qutqaruv va yong‘in-qutqaruv ishlarida foydalaniladigan asbob-anjomlar hamda maxsus texnikalar ko‘rgazmasi ham tashkil etilib, unda o‘quvchilarga ko‘ngilsiz vaziyatlar kelib chiqmasligi uchun doimo hushyor bo‘lish, texnika qoidalariga amal qilish kerakligi tushuntirilib o‘tildi.

Tadbir so‘ngida faol qatnashgan hamda mazmunli savol bergan o‘quvchilar sovg‘alarga ega bo‘lishdi. E'tiborli jihati, general har bir sovg‘ani egasiga topshirar ekan, o‘z imzosini qo‘yib, alohida-alohida qimmatli maslahatlar ham berib o‘tdi. Shuningdek, maktab kutubxonasi uchun kitoblar to‘plamini topshirdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech