Bugungi kunda yashil olamni saqlash va kengaytirish jadal tus oldi. Yurtboshimiz tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasini puxta tayyorgarlik bilan boshlash tashabbusi ilgari surildi. Ana shu maqsadda joylarda daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirilmoqda. Bunday ezgu amaliy harakatlarni Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi faoliyati misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Boshqarma harbiy xizmatchi va xizmatchilari “Yangi Andijon” shahri hududida tashkil etilayotgan eko-aksiyada faol qatnashib, o‘zlari uchun ajratilgan yer maydoniga ikki yuzga yaqin “povloniya” ko‘chatlarini ekib, obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdilar. Bunday tadbirlar Favqulodda vaziyatlar vazirligining barcha hududiy boshqarma va tarkibiy tuzilmalari tomonidan uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi: Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan ko‘kalamzorlashtirish ishlari qizg‘in davom ettirilmoqda
- Qo'shildi: 11.11.2021
- Chop etish
- Ko'rishlar: 4526