Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar Toshkent viloyati misolida

Respublikamiz bo‘ylab davom etayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasida Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. Xususan, Toshkent, Yangiyo‘l, Quyichirchiq tumanlarida loyiha doirasidagi ishlar uyushqoqlik bilan tashkil etilib, jami 830 tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tkazildi. Ushbu umummilliy loyiha doirasidagi ishlar viloyatning boshqa hududlarida ham jadal sur'atlarda olib borilmoqda. Shuni aytib o‘tish kerakki yil yakuniga qadar FVB tomonidan 5000 tupdan ziyod daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan. Bu boradagi ezgu amaliy harakatlar FVVning barcha hududiy boshqarma va tarkibiy tuzilmalarida amalga oshirilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech