FVV ogohlantiradi:
21 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, ayrim joylarda yomg'ir yog'adi Faqatgina, Andijon. Namangan va Farg'ona viloyatlarida kechga yaqin ayrim joylarda yomg'ir yog'isni mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati yog'ingarchilik kutilmaydia. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib 15-20 m/s (54-72 km/soat) gacna kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 8-13*S gacha iliq bo'ladi.

Yashnobod tumanida bir biriga tutash qurilgan uylarda yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 21 sentyabr kuni soat 12:56da Toshkent shahar Yashnobod tumani “Nodira” MFY Havaskor ko‘chasida joylashgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:59da yetib borib, yong‘in soat 13:21da o‘rab olingan va soat 13:32 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida bir biriga tutash qurilgan uylarning tahminan 200 kv.m. maydonda tomi, shifti va ichki qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so‘rab qoladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech