Bugun, 18 mart kuni soat 20:45 da Toshkent shahar Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan "Orient logistik center" qo‘shma korxonasi hududida joylashgan mator moy mahsulotlari (bochkalarda) omborida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 3 ta maxsus va 2 ta yordamchi texnikalar zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 21:49 da qurshab olingan va 19 mart, soat 03:30 da bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida omborxonaning taxminan 2000 kv.m maydonida moy mahsulotlari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.