FVV ogohlantiradi:
27 oktabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda mayda yomg'ir yog'adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9*S iliq, kunduzi 15-20*S gacha iliq bo'ladi.

Yashnobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida ayol o‘zini to‘rtinchi qavatdan tashlab yuborgani aks etgan video yuzasidan rasmiy ma'lumot 

Ijtimoiy tarmoqlarda Yashnobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in kelib chiqqani bois, ayol o‘zini to‘rtinchi qavatdan tashlab yuborgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur hodisa Toshkent shahar Yashnobod tumani Alimkent 1-tor ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarning birida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, xonadondagi mebel jihozida (4 kv.m.) yong‘in kelib chiqqan. Natijada, mehmonga kelgan fuqaro S.A. uyning orqa tomonidagi derazadan chiqadi. FVV xodimlari tomonidan avtonarvon yordamida qutqaruv ishlari amalga oshirilayotgan vaqtda ayolning qo‘llari toliqib, to‘rtinchi qavatdan o‘zini tashlaydi. Fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yetkazildi.  Jabrlangan fuqaro travmatologiya bo‘limiga olib borilganda, u mast holda bo‘lganligi ma'lum bo‘ldi. Hodisa oqibatida S.A.ga jiddiy jarohat yetmagan. Hozirda uning ahvoli o‘nglanmoqda. Yaqin kunlar ichida fuqaroga javob beriladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech