2021-yilning 30-dekabr kuni Xorazm viloyati Urganch shahridagi Yoshlar markazida 2021-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish doirasida erishilgan yutuqlar hamda 2022-yilda relashtirilgan tadbirlar bo‘yicha boshlang‘ich tashkilot yetakchilarining taqdimotlari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan taqdimot natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining harbiy qism va muassasalaridagi yoshlar yetakchilari o‘rtasida "Yilning eng faol yoshlar yetakchisi" ko‘rik-tanlovida birinchi o‘rinni Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi kapitan Palvanov Izzatbek Abdusharipovich qo‘lga kiritdi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi hamda O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori tomonidan birinchi darajali diplom va kompyuter bilan taqdirlandi.