Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Yo‘l transport hodisalari va ularning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri

Kecha, 8-avgust kuni “Navoiy kon metallurgiya kombinati” Yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish markazining majlislar zalida Navoiy harbiy prokuraturasi va viloyat IIB YHXB mas'ul xodimlari ishtirokida yo‘l transport hodisalari va ularning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda so‘zga chiqqan ma'ruzachilar inson omili bilan bog‘liq xato va kamchiliklarni bartaraf etishga alohida urg‘u berishdi. Qoidabuzarlik, shoshma-shosharlik, yetarlicha haydovchilik malakasiga ega bo‘lmagan holda avtomashina boshqarish  ko‘ngilsiz hodisalarga sabab bo‘lishi o‘qtirildi.

Shuningdek, qonunchilik talablari, xizmat intizomiga rioya qilish, ayniqsa, yo‘l harakati qoidalarini puxta o‘zlashtirish, shaxsiy va xizmat transport vositalarini boshqarishda xushyorlikni oshirish zarurligi eslatib o‘tildi.

Harakat, texnika va yong‘in xavfsizligi xatolarni kechirmasligi misollar orqali yoritib berildi. Bolalarni yo‘llarda nazoratsiz qoldirmaslik, ko‘rinish cheklangan joylarda tezlikni nazorat qilish, moped, motosiklda xavfsiz harakatlanish yuzasidan tavsiyalar ma'lumot sifatida keltirib o‘tildi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech