Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Yo‘l-transport hodisasi: jabrlanganlarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatildi

Hodisa bugun soat 14:30 larda “Qamchiq” dovonidan o‘tgan A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil' yo‘lining 198 km.da sodir bo‘ldi. Unda “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida uch nafar yo‘lovchi bilan harakatlanib ketayotgan “Lacetti” rusumli avtomobil' haydovchisi boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton to‘siqqa borib urilgan.

Voqea joyiga zudlik bilan “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari va tez tibbiy yordam xodimlari chiqishgan. Ular yengil jarohat olgan ikki nafar fuqaroga o‘sha joyning o‘zida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishgan. Ahvoli o‘rta og‘ir bo‘lgan fuqaro malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Angren shahar Markaziy shifoxonasiga yetkazilgan.

Hozirda barcha jabrlanuvchilarning ahvoli shifokorlar tomonidan yaxshi deb baholangan.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech