FVV ogohlantiradi:
6 iyul kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 32-37*S issiq bo‘ladi.

YO‘L TRANSPORT HODISASIGA UCHRAGAN FUQAROLARGA YORDAM KO‘RSATILDI

Joriy yilning 25 iyun kuni soat 09:50larda “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining navbatchi-dispetcheriga kelib tushgan ma'lumotga ko‘ra, Toshkent-O‘sh 250,5 km “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida harakatlanib borayotgan “ISUZU” rusumli yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotish (tormoz ishlamay qolishi) oqibatida yo‘lning o‘ng qismida harakatlanayotgan “HOWO” rusumli yuk mashinasining orqa qismiga borib urilgan. Oqibatda “ISUZU” yuk avtomashinasining haydovchisi hamda uning yo‘lovchisi tan jarohat olishgan.
Mazkur xabar yuzasidan “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari voqea joyiga chiqib, tan jarohati olgan haydovchi va yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan.
Qutqaruvchilar tomonidan ko‘rsatilgan birinchi tez tibbiy yordamdan so‘ng ular Pop tumani markaziy shifoxonasiga yetkazildi.
O‘z vaqtida ko‘rsatilgan birinchi yordam sababli haydovchi va yo‘lovchining hayoti saqlab qolindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech