Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Yo‘l transport hodisasiga uchragan Turkiya fuqarosiga yordam ko‘rsatildi

2019 yil 21 noyabr kuni soat 11:10 larda “Qamchiq” navbatchilik qismiga “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasining (IYFUK) navbatchi-dispetcheri tomondidan “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida harakatlangan Turkiya Respublikasi fuqarosi A.X. boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk mashinasi “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 249 km.da boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketgani to‘g‘risidagi xabar kelib tushadi. Quvonarlisi, sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida yo‘lovchi tan jarohati olmagan.

Voqea joyiga tezkorlik bilan 11 va 12-nazorat postlari qutqaruvchilari hamda “Qamchiq” qutqaruv otryadidan A.Kamilov boshchiligidagi qutqaruv guruhi yetib bordi.

Yuk mashinasini xandaqdan chiqarib olish uchun “Transyo‘lqurilish” kompaniyasining 50 tonnalik avtokrani, “Qamchiqavtoyo‘l” IYFUKdan 1 ta yuklovchi (pogruzchik) texnikalari jalb etildi. Shundan so‘ng, yuk mashinasi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatni davom ettirdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech