Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Yo‘ldan adashgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatildi

Kecha, 16-avgust taxminan soat 13:50 fuqaro D.G Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga bergan xabariga ko‘ra 15 avgust kuni Bo‘stonliq tumani Chimyon tog‘ tizmasiga sayr qilish maqsadida 5 nafar nabiralari bilan borgan va yo‘ldan adashib qaytib tushmaganligini ma'lum qilib, amaliy yordam so‘ragan.

Xabarga asosan, zudlik bilan qidiruv-qutqaruv ishlariga Chimyon otryadining alpinist qutqaruvchilari jalb qilingan. Qutqaruvchilar tomonidan axoli punktidan 15 km uzoqlikda bo‘lgan Mozorsoy va Teshik tosh tog‘lari xududi bo‘ylab olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida 16-avgust soat 18:20 da fuqarolar topilgan.

Ushbu fuqarolarning xavfsizligi ta'minlangan holda psixologik yordam ko‘rsatilib tog‘ cho‘qqisidan olib tushilgan. Fuqarolarning sog‘liqlar yaxshi, ularga hech qanday tan jarohatlari yetmagan.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech