FVV ogohlantiradi:
2 iyun kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-39*S issiq bo‘lib, shimol hamda cho‘l hududlarida 40-42*S gacha issiq bo‘ladi.

Yong‘in: 4 yoshli bola qutqarib olindi

2019 yilning 7 noyabr kuni Navoiy shaxar  FVB YoXB navbatchilik qismiga  M.Tarobiy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning oshxonasida yong‘in yuz bergani to‘g‘risida  xabar kelib tushgan.

Xabar olingach, boshqarma qutqaruvchilari 1 ta qutqaruv va 2 ta yong‘in o‘chirish texnikalari bilan voqea joyiga zudlik bilan yetib borishdi.

Yong‘in o‘chirish avtonarvoni to'rtinchi qavatga o‘rnatilib, maxsus gidravlik qaychi yordamida xonadonning temir panjaralari kesib olindi va alanga ichida qolgan 4 yoshli bolakay qutqaruvchilar:  X.Haqberdiyev, G‘.Rajabov B.Elmurodov, F.Xalimovlar tomonidan qutqarib olindi.

Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in to‘liq o‘chirilgan. 2015 yilda tug‘ilgan Mirziyo Farrux o‘g‘li sog‘-salomat ota-onasiga topshirildi.

Yong‘in kelib chiqish sababi va  moddiy zarar aniqlanmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech