Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Yong‘in bartaraf etildi

Bugun, 8-iyun kuni soat 16:19 da Andijon viloyati Andijon shahar “Yorboshi” MFY Sohil ko‘chasida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:26 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 16:29 da o‘rab olingan va soat 16:34da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida uyning 70 kv.m maydonda tom, shift va uy- jihozlari yonib zararlangan. Tezkor harakatlar tufayli uyning 150 kv.m maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro turli darajada kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yuborilgan. Halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech