Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

“Yong‘in-qutqaruv sporti” musobaqasining respublika bosqichi g‘olibi va sovrindorlari aniqlandi

Xabaringiz bor joriy yilning 11-14 avgust kunlari Toshkent viloyatida “Yong‘in-qutqaruv sporti” musobaqasining respublika bosqichi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada barcha hududlardan kelgan 19 ta erkaklar va 16 ta ayollar terma jamoasi, jami 200 dan ortiq sportchilar ishtirok etdi. Musobaqada erkaklar terma jamoalari ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasining 4-qavatiga ko‘tarilish, yong‘in o‘chiruvchilar estafetasi, 100 metrga to‘siqlar osha yugirish, yong‘in o‘chirish avtomabili orqali jangovor yoyilish va maxsus kuch ishlatish mashqlari estafetasi (Kros-fit) yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblik uchun baxs olib borgan bo‘lsa, ayollar terma jamoalari ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasining 2-qavatiga ko‘tarilish, yong‘in o‘chiruvchilar estafetasi hamda 100 metrga to‘siqlar osha yugirish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Murosasiz va baxslarga boy bo‘lgan musobaqa yakuniy natijalarga ko‘ra umumiy hisobda 3-o‘rin Andijon viloyati FVB, 2-o‘rin Toshkent viloyati FVBga nasib etgan bo‘lsa, faxrli 1-o‘rinni Qashqadaryo viloyati FVB terma jamoasi qo‘lga kiritib, respublika g‘olibi bo‘ldi.

G‘olib va sovrindorlar FVV rahbariyatining diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech