Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish, ayniqsa katta va o‘ziga xos yong‘inlarni o‘chirishda kutilmagan hodisalar va xavflarga ruhan, ham jismonan tayyor bo‘lish, muhim bilim va ko‘nikmalarni talab etadi.
Ayni maqsadda, Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Samarqand shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in qutqaruv qismlarining birida yong‘in vaqtida to‘g‘ri va aniq harakat qilish bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Unda qutqaruvchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini amalda yana bir bor mustahkamladilar.