FVV ogohlantiradi:
8 avgust kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi, faqatgina Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi, 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat 33-38*S issiq bo'ladi.

YONG‘IN XAVFSIZLIGI INSTITUTI JAMOASI «REGBI-15» CHEMPIONATIDA FAOL ISHTIROK ETDI

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 19 mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus ilgari surilgan edi.

Aynan ikkinchi tashabbusda yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.

Shulardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Regbi federatsiyasi tomonidan joriy yilning 28 noyabr kunidan 4 dekabr kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tizimida «Regbi-15» sport turi bo‘yicha ochiq chempionat o‘tkazildi.

Joriy yilning 4 dekabr kuni ushbu sport musobaqasi yakuniga yetib, jami 12 ta harbiy jamoalar ichidan g’oliblar aniqlandi.

Shuni alohida e’tirof etish joizki, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi instituti «Jismoniy va jangovar tayyorgarlik» kafedrasi o‘qituvchisi leytenant Elyor Murodov rahbarligda 22 nafar xodim va kursantlardan tarkib topgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi jamoasi «Regbi-15» chempionatida ilk bor ishtirokiga qaramay «Eng yaxshi tartib intizomga ega jamoa» nominatsiyasi kubogi bilan taqdirlandi.

– Bugungi Regbi bo‘yicha chempionat harbiy xizmatchilar o‘rtasida qizg‘in va keskin bahslarga boy bo‘ldi. Mazkur sport turi shiddatli kurashlar, jiddiy to‘qnashuvlarga boy sport turi bo‘lgani uchun unda jismonan baquvvat insonlar ishtirok etadi. Regbida sabr-toqat muhim ahamiyat kasb etadi. Harbiy xizmatchilar garchi professional bo‘lishmasa-da, juda ajoyib o‘yin namoyish etishdi. Men ulardagi kuch-g‘ayratni ko‘rib, ochig‘i quvondim deydi – Elyor Murodov.

Shuningdek, muosbaqa yakunida chempionatning boshqa turdagi nominatsiyalari g‘oliblari hamda bellashuvning faol ishtirokchilari alohida yo‘nalishlar bo‘yicha ham taqdirlandilar.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech