Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

“Yong‘in xavfsizligi oyligi” davom etmoqda

Obyektlarning yong‘in xavfsizligini ta'minlash, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishda profilaktik tadbirlarning ahamiyati katta. Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida “LUKOYL UZBEKISTAN Opereyting Kompani” MChJ obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish markazi xodimlari tomonidan muhofaza qilinayotgan obyektlarning rahbarlari va hamkorlikdagi xizmatlar bilan birgalikda muntazam ravishda profilaktik tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida obyekt ishchi xizmatchilari bilan yong‘in o‘chirish texnik, asbob anjomlarining ko‘rgazmali namoyishlari, obyekt radio va kabel televideniyalari orqali yong‘in xavfsizligini targ‘ib qiluvchi chiqishlar, buklet va varaqalar orqali keng qamrovda yo‘riqnoma va suhbatlar tashkillashtirilmoqda.

Obyektlarning yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan uchastkalarida hamkorlikdagi xizmatlar birgalikda yong‘in o‘chirish amaliy taktik o‘quv mashq va mashg‘ulotlari, ko‘ngilli yong‘in o‘chirish tuzilmalarining yong‘inda harakatlarini baholash doimiy ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech