Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasidagi tadbirlar

Kuni kecha FVV Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot instituti va Yangihayot tumani FV bo‘limi xodimlari tomonidan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida tumandagi 330-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida ko’rgazmali seminar o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda ishtirokchilarga qish mavsumini betalofat o‘tkazish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, is gazidan zaharlanish, birlamchi yong‘in o‘chirish voitasidan foydalanish va boshqa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech