Kuni kecha Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida viloyatda aholini va xududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda, boshqarma boshlig‘i general-mayor Qosimali Axmedov ishtirok etib, oylik doirasida viloyat hududida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar va yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar bo‘yicha ma'lumotlar berdi.
Jurnalist, bloger va OAV vakillari mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar oldilar.