FVV ogohlantiradi:
25 may kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esаdi,. Harorat 34-39*S issiq bo‘lib, shimoliy cho‘l hududlarida 41*S gacha issiq bo‘ladi.

Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot instituti bazasida texnik qo‘mita tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot instituti bazasida «Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar» standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita tashkil etildi.
Qo‘mitaning asosiy maqsadi etib quyidagilar belgilandi:
- Texnik qo‘mitaga a'zo tashkilotlar (faoliyat sohasida)ga biriktirilgan standartlashtirish ob'ektlarini davlat, davlatlararo (mintaqaviy) va xalqaro standartlashtirish ishlarni amalga oshirish;
- O‘zbekiston Respublikasida yong‘in xavfsizligi, favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish sohasida texnik siyosatini amalga oshirishda ko‘maklashish;
- davlat, davlatlararo va xalqaro standartlashtirish bo‘yicha ishlarning samaradorligini oshirishda ko‘maklashish;
- O‘zbekiston Respublikasining davlat, shu jumladan texnik reglamentlari o‘zaro aloqador standartlarni, dastlabki davlat standartlarni hamda O‘zbekiston Respublikasi muallif bo‘lgan davlatlararo standartlarni ishlab chiqish, shuningdek, texnik tartibga solish va standartlashtirishga manfaatdor bo‘lgan barcha sub'ektlarga standartlashtirish jarayonida ishtirok etish uchun shart-sharoitlar yaratish shular jumlasidan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech