FVV ogohlantiradi:
24 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5*S sovuq, kunduzi 3-8*S iliq bo'ladi.

Yong‘inni o‘chirgandan oldini olgan afzal

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan barcha shahar va tumanlardagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxona va tashkilotlar hamda ta'lim muassasalarida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish, uning oldini olish va bartaraf qilish, maishiy gaz ballonlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbir davomida o‘tgan davr mobaynida sodir bo‘lgan katta va o‘ziga xos yong‘inlarning sabablari va oqibatlari keng tahlil etildi.
Xususan, Zafarobod tumanida elektr tarmoqlaridagi ortiqcha yuklanish oqibatida kuchli yong‘in kelib chiqqan, natijada fuqaroning butun uyi olov ichida qolib, vaqtincha boshpanasiz qolgan. Zomin tumanida ham xonadonga o‘rnatilgan elektr simlaridagi qisqa tutashuv ana shunday ko‘ngilsizlik ro‘y berishiga sabab bo‘lgan. Arnasoy tumanida yashovchi fuqaro maishiy chiqindilarni yoqishda ehtiyotsizilgi oqibatida qo‘shni xonadonning molxonasi va unda saqlanayotgan somon g‘aramiga o‘t ketgan. Albatta, bu holatlarning barchasi fuqarolarga nafaqat moddiy zarar, balki og‘ir ruhiy jarohat ham yetkazadi. Olov ta'sirida oilaning boshpanasi bilan birgalikda yillar davomida jamg‘argan moddiy boyliklari, zarur hujjatlari hamda qadrli buyumlari ham kuyib kulga aylanadi.

Shu boisdan profilaktik tadbirlar viloyatdagi mahallalar, mehnat jamoalarida uyushtirilgan tadbirlarda uy-ro‘zg‘or jihozlarini muntazam profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish, bolalarni qarovsiz qoldirmaslik, maishiy chiqindilarni yoqishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan keng tushuntirishlar berildi.

O‘tkazilgan profilaktik tadbirlarda yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz holatlar ham keng muhokama etilib, olovdan har doim ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarurligiga alohida e'tibor qaratildi. Shuningdek, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslikning oqibatlari to‘g‘risida videolavhalar namoyish etilib, fuqarolarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech