FVV ogohlantiradi:
3 dekabr ob-havo o'zgaruvchan, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari bo'yicha ayrim joylarida mayda yomg'ir yog'ishi mumkin. Respublikamizning boshqa hududlarda yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 2*S sovuq - 3*S iliq, kunduzi 5–10*S iliq bo'ladi.

YONG‘INNI O‘CHIRGANDAN UNING OLDINI OLGAN AFZAL

Olovni bejizga “tilsiz yov” deyishmaydi. Chunki yong‘in deyarli har doim kutilmaganda yuz beradi va katta talafot yetkazadi. O‘tkazilayotgan favqulodda  vaziyatlar  profilaktikasiga oid tadbirlar aholining ushbu xatardan ogohligini oshirishga xizmat qilmoqda. Andijon viloyatida profilaktik tadbirlar uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda.

Sodir bo‘lgan yong‘inlarning qariyb 80 foizi aholi yashash xonadonlariga to‘g‘ri kelmoqda. Bu odamlarning yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmasligi, ehtiyotsizligi va ba'zan e'tiborsizligidan dalolatdir.

Profilaktik tadbirlarda soha xodimlari yong‘inlar kelib chiqishining sabablari, yong‘in ro‘y berganda to‘g‘ri harakatlanish qoidalari, doimo ogoh va e'tiborli bo‘lish zarurligi, is gazidan saqlanishlari borasida atroflicha ma'lumot va tushunchalar berilib, qator korxona va tashkilotlarda xavfsizlik choralari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi profilaktik tadbir Marxamat tumanining Konchilar, Alitepa va Yuqori rovot mahallalarida joylashgan 215 ta xonadonning yong‘inga qarshi holati o‘rganildi. O‘rganishlar davomida 120 ta kamchilik aniqlanib, ularning 82 tasi shu joyning o‘zida bartaraf etildi.

Darhaqiqat, yong‘inni o‘chirgandan ko‘ra, uning oldini olgan afzal. Zero, “tilsiz yov”ga qarshi kurashish uchun hamisha va har joyda ogoh va hushyor bo‘lishimiz lozim.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech