FVV ogohlantiradi:
24 sentyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Havo harorati 22-27*S iliq bo'ladi.

Yordam ko‘rsatildi

Joriy  yilning 14 mart kuni soat 8:47 da Toshkent shahar Sirg‘ali tumani  Sputnik-16 mavzesida istiqomat qiluvchi fuqaro N.Toxirova tomonidan ikki nafar farzandlari xonadon ichkarisida qulflanib qolganligi to‘g‘risida yordam so‘rab murojaat qiladi.

Mazkur holat yuzasidan Tez harakat qilish respublika ko‘p tarmoqli markazi navbatchi qutqaruvchilari D.Murodov, Sh. Nodirov, I.Sotvoldiyevlar voqea joyiga zudlik bilan yetib keladi. Shundan so`ng ular maxsus asbob-anjomlar yordamida eshikni ochib ichkariga kirishdi va go‘daklarni uydan olib chiqib, onasining qo‘liga sog‘-salomat topshirdilar. Bu orqali yana bir ko`ngilsiz hodisaning oldi olindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech