Joriy yilning 2 may kuni umumta’lim maktablari orasida “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublarining Respublika musobaqasiga Farg‘ona shahrida start berildi.
Musobaqaning ochilish tadbirlarida O‘zbeksiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti boshlig‘i Q.Berdiev va Farg‘ona viloyati hokimi Sh.Ganievlar o‘z tabrik so‘zlarida mazkur musobaqaning yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini va qutqaruvchilik kasbiga mehr uyg‘otishni, kelajakda aholi xafsizligini ta’minlash, tabiiy ofatlar xavfini kamaytirishini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Tadbirlar Favqulodda vaziyatlar Xalq ta’limi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash, madaniyat vazirligi shuningdek Farg‘ona viloyati hokimiyati bilan birlgalikda tashkil etildi.