Avval xabar berganimizdek 2018 yilning 2-4 may kunlari Farg‘ona shahridagi “Ahmad Al-Farg‘oniy” nomidagi istirohat bog‘ida umumta’lim maktablari “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari o‘rtasida Respublika musobaqasi o‘tkazildi.
Mazkur musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 14 ta jamoa hamda 112 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
Ishtirokchilar bir necha bosqichda o‘zaro baxslashdilar. Birinchi bosqichda ishtirokchilar favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasiga oid savollarga javob berishdi. Ikkinchi bosqichda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullarini amalda bajarishgan bo‘lishsa uchinchi bosqichda maxsus arqon va asbob anjomlar yordamida daryoni kesib o‘tish va palatka tiklash ishlarini bajarishdi. To‘rtinchi va beshinchi bosqichlarda arqon yordamida maxsus tugunlar tugush, ular yordamida balandlikka ko‘tarilish va estafetali yugurishda ishtirok etishdi.
Har bir o‘quvchi musobaqada ishtirok etish bilan bir qator o‘zlarining ijodiy ishlari namunalari ko‘rgazmasini tashkil etishdi.
Musobaqa yakunida turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikka nomzodlar e’lon qilindi. Jumladan:
“Jamoaning yang yaxshi shiori” nominatsiyasi bo‘yicha Toshkent viloyati “Najotkorlar” jamoasi;
“Eng yaxshi qutqaruvchi qiz bola” nominatsiyasi bo‘yicha Farg‘ona viloyati “Matonat” jamoasi a’zosi G‘anijonova Shaxlo Xolmurod qizi;
“Eng yaxshi qutqaruvchi o‘g‘il bola” nominatsiyasi bo‘yicha Namangan viloyati “Xaloskorlar” jamoasi a’zosi G‘ulomjonov Fatxulla Adxamjon o‘g‘li;
“Eng yaxshi klubning formasi” nominatsiyasi bo‘yicha Farg‘ona viloyati “Matonat” jamoasi;
“Eng yaxshi tashkil etilgan ko‘rgazma” nominatsiyasi bo‘yicha Andijon viloyati “Lochinlar” jamoasi;
“Eng yaxshi klub faoliyati yoritilgan fotoalbom” nominatsiyasi bo‘yicha Navoiy viloyati “Spasatel” jamoasi;
“Estafetada eng yaxshi ko‘rsatgichga erishgan jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha Navoiy viloyati “Spasatel” jamosi;
“Eng yaxshi jamoaning bayrog‘i” nominatsiyasi bo‘yicha Sirdaryo viloyati “Madad” jamoasi;
“Eng hamjixat jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha Farg‘ona viloyati “Matonat” jamoasi;
“Eng bilimdon jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha Sirdaryo viloyati “Madad” jamoasi;
“Eng yaxshi tibbiy yordam ko‘rsatgan jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha Xorazm viloyati “Qalqon” jamoasi;
“Eng yaxshi tog‘ tayyorgarligiga ega jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha Jizzax viloyati “Alanga” jamoasi;
“Eng yaxshi klub faoliyati yoritilgan videorolik” nominatsiyasi bo‘yicha Sirdaryo viloyati “Madad” jamoalari taqdirlandilar;
Musobaqaning umumiy natijalari bo‘yicha haya’t kengashi eng yahshi jamoani aniqlashdi. Unga ko‘ra.
1 o‘rin – Farg‘ona viloyatining “Matonat” jamoasi;
2 o‘rin – Navoiy viloyatining “Spasatel” jamoasi;
3 o‘rin – Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Jayxun” jamoasi;
Musobaqaning “Gran-pri” sovrinini esa Sirdaryo viloyatining “Madad” jamoasi qo‘lga kiritdi.
Musobaqa yakunida ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan g‘oliblarga va barcha qatnashchilarga esdalik sovg‘alari va diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Shu bilan birgalikda, bolalarga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida taniqli estrada xonandalari ishtirokida konsert dasturi namoish etildi.