FVV ogohlantiradi:
15 aprel kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Toshkent viloyatida kechasi va ertalab ayrim joylarda mayda yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 20-25*S iliq bo'ladi.

“Yosh qutqaruvchi” musobaqasi Sirdaryo viloyatida

Kuni kecha Sirdaryo viloyati Yangier shahrida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Xalq ta'limi bo‘limi, Mudofaa ishlar bo‘limi va Baynalminal jangchilar uyushmasi bilan hamkorlikda “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klubining shahar bosqichi o‘tkazildi.

Unda ishtirok etgan o‘quvchi yoshlar favqulodda vaziyatlarda, murarakkab sharoitlarda, qutqaruv hamda boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni bajarishda to‘g‘ri va aniq harakat qilish kabi ko‘nikmalariga ega bo‘ldilar.

Yakunda g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan munosib tarzda taqdirlandi va viloyat bosiqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech