Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
17 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilk kutilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 12-17 C iliq bo'ladi.

“YOSH QUTQARUVCHI” MUSOBAQASINING RESPUBLIKA BOSQICHI XORAZIMDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 19 iyuldagi 208-sonli Qarori hamda “O‘zbekiston Respublikasida 2017 yil yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida, 2018 yil 11 may kuni kasb-hunar kollejlari va litsey o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari musobaqasining Respublika bosqichi boshlandi. Musobaqa Favqulodda vaziyatlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash, Jismoniy tarbiya va sport, Madaniyat vazirliklari  va Xorazm viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi.

Musobaqani o‘tkazishdan maqsad, o‘sib kelayotgan yoshlarni favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, ularni bu boradagi malaka va ko‘nikmalarini oshirish, jabrlanganlarni qutqarish, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda tezkorlik va aniqlik darajasini amalda sinab ko‘rish asosiy vazifa etib belgilandi.

Mazkur tadbir Xorazm viloyatining Urganch shahridagi “Avesto” majmuasida o‘tkazilmoqda. Unda respublikamizning 14 viloyatidan kollej o‘quvchilari ishtirok etmoqda.

Musobaqaning ochilish marosimida Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari general-mayor A.Qo‘ldoshev hamda Xorazm viloyati xokimi F.Ermanovlar o‘z nutqida ushbu musobaqaning yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini, qutqruvchilik kasbiga mehr uyg‘otishini, kelajakda aholi xavfsizligini ta’minlashi va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirishini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

O'xshash yangiliklar

HARBIYLARGA YANGI UYLAR TOPSHIRILDI

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bayramni kotarinkilik bilan nishonlash ananaga aylangan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida otkazilgan bayram tadbiri ham kotarinki ruhda bolib otdi. Sababi ko…

Qamchiq dovoni bo`yicha ma`lumot

Bugun 9 yanvar kuni ayrim ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 8 yanvar kuni Qamchiq dovonida qor yogishi natijasida tirbandliklar yuzaga kelganligi togrisida asossiz malumotlar tarqaldi. Ushbu malumot…

FUQARONING HAYOTI SAQLAB QOLINDI

Joriy yilning 3 dekabr kunida Buxoro viloyati FVB tezkor navbatchisi qismiga Buxoro shahridagi Al Somiy kochasida istiqomat qiluvchi fuqaro S.SH. uy ichida 7 yoshlik qizi qulflanib qolganligini aytib …

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech