Prezidentimizning yoshlarga doir 5 ta muhim tashabbusi ijrosi doirasida yosh avlodni vatanparvarlik va burchga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy madaniyatini, kitobxonlikka, adabiyot va san'atga muhabbatini yuksaltirish, yoshlarning bandligini ta'minlash borasidagi amaliy tadbirlar davom etmoqda.
Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tashabbusi bilan Jizzax davlat pedagogika institutida yoshlar ishtirokida ochiq muloqot tarzda uchrashuv tashkil etildi.
Yosh avlodning har taraflama yetuk va komil inson bo‘lib voyaga yetishida nafaqat ota-ona balki jamiyat ham birdek mas'uldir. Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda yoshlar masalasiga barcha jabhada alohida e'tibor qaratilmoqa. Davlat idoralari raxbarlarining joylarda o‘quvchi va talabalar bilan uchrashuvlari esa ularning kelajakka bo‘lgan orzu va maqsadlarini yanada jonlantirishga sabab bo‘lmoqda. Shu boisdan Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan ham viloyatning shaxar va tumanlarida muntazam tarzda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ularning muammolari, murojaatlari va takliflarini batafsil o‘rganilmoqda.
Tadbirda yoshlarimizga Davlatimiz rahbari tomonidan ko‘rsatilayotgan yuksak e'tibor va g‘amxo‘rlik, ularning o‘z qobiliyati va salohiyatini namoyon qilishlari uchun yaratilgan sharoit va imkoniyat, yoshlar huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlari aniq misollar bilan tushuntirilib, ularning muammolari, taklif va mulohazalari tinglandi.
O‘tkazib borilayotgan bu kabi uchrashuvlar mamlakat taraqqiyoti yo‘lida yoshlar bilan mustahkam xamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etishga xizmai qiladi.