Yurtboshimiz topshirig‘iga asosan yoshlarning bandligini ta’minlash va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Samarqand viloyati FVB boshlig‘i polkovnik Ilxom Ismoilov bir guruh yoshlar bilan navbatdagi qabulini o‘tkazdi.
Qabulda yoshlarning muammolari o‘rganilib, ularning aksariyati joyida hal etildi. Shuningdek, avvalgi qabul jarayonida IT sohasiga qiziqishini bildirib, kompyuter olishda amaliy yordam so‘ragan Urgut tumanida istiqomat qiluvchi Davlatbekka boshqarma boshlig‘i tomonidan va’da qilingan noutbuk yashash xonadoniga borib topshirildi. Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.