FVV ogohlantiradi:
15 oktyabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 17-22 C iliq bo'ladi.

YOSHLAR BILAN UCHRASHUV

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan joylarda “Harbiy vatanparvarlik oyligi” o‘tkazilmoqda. Jumladan kuni kecha Qarshi shaxrida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi, Milliy gvardiya va viloyat Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Milliy armiyamiz yoshlarimiz qalbida sadoqat, jasorat, matonat tuyg‘ularini mustahkamlovchi hayot maktabidir” mavzusida targ‘ibot tadbirlari o‘kazildi.

Tadbir Qarshi shahridagi “Geolog” o‘yingoxida tashkillashtirilib, viloyat hududida joylashgan harbiy qismlarning ko‘rgazmali chiqishlari, zamonaviy qurol-aslaxalari hamda viloyat FVBning qidiruv-qutqaruv asbob-anjomlari va maxsus texnikalarining namoyishi o‘tkazildi. Tadbir o‘quvchi yoshlarga manzur bo`lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga xarbiylarimiz tomonidan etarli javoblar olishdi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech