Bugun 24-may kuni “Mahalladan vazirlikkacha“ tamoyili asosida yoshlar bilan individual ishlash yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik X.Alibayev Toshkent viloyati Bekobod shahriga tashrif buyurib, vazirlikka biriktirilgan Bekobodlik yoshlar bilan manzilli ish tashkil etish, ularni bandligini ta'minlash, hayotda o‘z o‘rnini topishga va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga ko‘maklashish maqsadida birma-bir uchrashib suhbat o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida shahar hokimi hamda mutasaddi korxona va idoralar rahbarlari bilan hamkorlikda yoshlarni muammolarini hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ma'naviy-mafkuraviy tarbiyasi bilan shug‘ullanish orqali to‘g‘ri hayotga yo‘naltirish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi.
Yoshlar muammolari o‘rganilmoqda
- Qo'shildi: 24.05.2023
- Chop etish
- Ko'rishlar: 815