Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Yoshlar muammolari o‘rganilmoqda

Kuni kecha, “Mahalladan vazirlikkacha“ tamoyili asosida yoshlar bilan individual ishlash yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik M.Muhitdinov Toshkent viloyati Bekobod shahriga tashrif buyurib, vazirlikka biriktirilgan Bekobodlik yoshlar bilan birma-bir uchrashib suhbat o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida shahar hokimi hamda mutasaddi korxona va idoralar rahbarlari bilan hamkorlikda manzilli ish tashkil etish, yoshlarni bandligini ta'minlash, hayotda o‘z o‘rnini topishga va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, muammolarini hal etish, ma'naviy-mafkuraviy tarbiyasi bilan shug‘ullanish orqali to‘g‘ri hayotga yo‘naltirish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech