FVV ogohlantiradi:
15 oktyabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 17-22 C iliq bo'ladi.

Yoz yoki qishning qanday bo‘lishini oldindan bilsa bo‘ladimi?

Ob-havo alomatlari to‘g‘risidagi ko‘pgina noto‘g‘ri tasavvurlar orasida “qish sovuq kelsa, yoz issiq bo‘ladi, yoki yoz salqin kelsa, qish iliq bo‘ladi” degan gap bor. Bu noto‘g‘ri tasavvur  kompensatsiya, ya’ni tovon qonuni bor degan fikrga asoslangan, ya’ni ob-havoning o‘rtacha yillik tartiboti albatta saqlanishi kerak: agar biror mavsumda bir tomonga chetlanish bo‘lsa, keyingi mavsumlarda buning aksi bo‘lishi kerak go‘yo. Albatta, yilning turli mavsumlaridagi ob-havo o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlik yo‘q. Buni ko‘pgina olimlar o‘z tadqiqotlarida isbotlaganlar. Ob-havoning anomal hodisalari nafaqat mavsumiy, balki yillik bo‘lishi ham mumkin, va natijada ikki mavsum – ham yoz, ham qish bir yilning o‘zida anomal issiq yoki anomal sovuq ham bo‘lishi mumkin. Bir anomal iliq mavsumdan keyin bir necha mavsumlar sovuq kelishi ham mumkin, va yil umuman olganda me’yorga yaqin bo‘ladi...

Mavsumiy ob-havo ma’lumotlari ba’zan juda to‘g‘ri chiqadi, biroq yoz yoki qish qanday bo‘ladi degan savolga olimlar hozircha ilmiy asoslangan javob topganlari yo‘q.

(manba: Astapenko  P.D.  «Voprosы o pogode»)

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech