Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Yozgi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida viktorina tadbirlari

Yozgi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olayotgan bolalarning xavfsizligini ta'minlash, mavsumni betalofat o‘tkazish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va sodir bo‘lganda bolalarni to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish soha xodimlari oldiga qo‘yilgan ulkan vazifalardan biri hisoblanadi. 

Ana shu maqsadda kuni kecha Xorazm viloyati Xiva tumanida joylashgan “Xiva gulshani” nomli oromgohda “Qutqaruvchi sharafli kasb” mavzusida viktorina tashkil etildi.

Mazkur musobaqalardan ko‘zlangan maqsad, bolalar orasida sog‘lom turmush tarzini tadbiq etish, ularni qutqaruvchi kasbiga qiziqtirish, harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, favqulodda vaziyat yuz berganda to‘g‘ri harakat qilish, o‘zi hamda o‘zgalarga yordam berish, ularda fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligiga oid bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda ushbu yo‘nalishda targ‘ibot-tashvikot ishlarini keng ko‘lamda olib borishni ta'minlashdan iboratdir.

Tadbir yakunida g‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech