Joriy yilning 19-yanvar kuni Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi dispetcherlik xizmatiga Buxoro shahar "Jo‘bor" MFY hududidan harakatlanayotgan "Nexia 3" avtomobili "Sobalt" avtomobili bilan to‘qnashish natijasida boshqaruvni yo‘qotib kanalga tushib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus asbob-anjomlar va texnika yordamida avtomobil kanaldan olib chiqildi. Avtomobilda haydovchi yolg‘iz bo‘lgan va kanalga tushish oldidan avtomashinadan sakrab qolishga ulgurgan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
YTH oqibatida kanalga tushib ketgan avtomobil olib chiqildi
- Qo'shildi: 20.01.2022
- Chop etish
- Ko'rishlar: 3381