FVV ogohlantiradi:
11 dekabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, joylarda yomg'ir yog'ishi mumkin. Joylarda yomg'ir qor yog'ib,tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan g'arbga 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikdan 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayadi. Harorat 8-13C iliq, shimolda 3-8C iliq buladi

YTHga uchragan haydovchilarga yordam ko‘rsatildi

2019 yil 29 noyabr kuni tongi soat 05:04 da “Qamchiq” navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, “MERSEDES” rusumli yuk mashinasida “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro H.E. yo‘l chetida g‘ildiragini almashtirish  uchun to‘xtab turgan “ISUZU” rusumli yuk mashinasining orqasidan kelib urgan.

Sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida, “ISUZU” rusumli yuk mashinasi yo‘l chetidagi xandaqqa tushib ketgan va mazkur yuk mashinasi haydovchisi Farg‘ona viloyati Quva tumanida 1998 yilda tug‘ilgan A.A. yengil tan jarohati olgan.

Voqea joyiga tezkorlik bilan 13 navbatchilik guruhi qutqaruvchilari, “Rezak” qishloq oilaviy poliklinikasi navbatchi shifokorlari va “Sherobod” yo‘l patrul xizmati xodimlari yetib borishgan. Birinchi o‘rinda yengil tan jarohati olgan haydovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. So‘ngra, IIB YPX xodimlari bilan hamkorlikda “Qamchiq” qutqaruv otryadi guruh komandiri B.Xalikov boshchiligidagi qutqaruv avtotexnikasi va “Qamchiqavtoyo‘l” IYFUK texnikasi yordamida “ISUZU” rusumli yuk mashinasi xandaqdan chiqarilib, yo‘l transport hodisasi oqibatlari bartaraf etildi.

  Hurmatli haydovchilar!

Yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishdan oldin quyidagi mutaxassis tavsiyalariga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz:

avtomobillarning texnik holatini to‘liq ko‘zdan kechirish;

dovon orqali yetarli darajada yoqilg‘i-moylash mahsulotlari bilan harakatlanish;

avtotexnikalarning qish mavsumida harakatlanish uchun maxsus shinalar bilan almashtirish;

haydovchilarimizning “Qamchiq” dovoni orqali harakatlanganda hushyorlikni yanada oshirishlari va yo‘llarda to‘xtab dam olishlari;

viloyatlararo yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, firmalar, xususiy tadbirkorlar tomonidan haydovchilar bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi.

“Qamchiq” dovoni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin:

“Qamchiq” Maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismi: (95) 146-87-08, (70) 662-72-49, (71) 212-70-07, (99) 837-29-38, 10-50.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech