Joriy yilning 9 yanvar kuni soat 15:10da “Qamchiqavtoyo‘l” navbatchi-dispetcheri tomonidan “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 234,7 km.da “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelgan “ISUZI” rusumli yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, avtomobil yo‘lida ko‘ndalang bo‘lib qolganligi to‘g‘risidagi murojaat kelib tushgan.
Mazkur hodisa yuzasidan, 8-nazorat guruhi qutqaruvchilari va Qamchiq” qutqaruv otryadidan leytenant A.Komilov boshchiligidagi 8 nafar qutqaruvchilar voqea joyiga zudlik bilan yetib borishdi. Ta’kidlash joiz, amaliy yordamga boshqarmaning “MAN” rusumli avtoevakuatori, “Qamchiqavtoyo‘l”ning 1 ta yuk ko`raruvchi texnikasi va 4 ta ishchi xodimi, shuningdek, “Sherobod” tez tibbiy yordam maskani xodimlari jalb etildi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida jarohatlanganlar aniqlanmagan.
Olib borilgan say-harakatlar natijasida mazkur yuk mashina xavfsiz hududga olindi hamda transportlarning xavfsiz harakati ta’minlandi.