Joriy yilning 30 iyul kuni Rossiya Federatsiyasining Rostov oblasti Aksay rayoni «Rostov-Volgodonsk» yo‘nalishining 11 kilometrida, «KAMAZ» rusumli yuk avtomobil, salonida 9 nafar yo‘lovchi bo‘lgan «Volkswagen -Transportyor» rusumli mikroavtobus bilan to‘qnashib ketgan.
Sodir bo`lgan YTX natijasida 3 nafar inson xalok bo‘lgan va 6 nafar inson turli darajada tan jaroxati olgan. Xalok bo‘lganlarning 2 nafar va jabrlanganlarning 3 nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridir.
Xalok bo‘lganlar:
- Norbutaev Asatulla Eshbekovich, 1963 y.t.
- Satarova Shaxnoza Abdulaxatovna, 1985 y.t.
Jarohatlanganlar:
- Saydamatov Saydulla Tajimatovich, 1965 y.t.
- Yunusov Jasur Ilxamovich, 1988 y.t,
- Choriev Saydulla Bobaevich, 1987 y.t.
Jabrlanganlar Rostov oblastining Aksay rayonidagi Aksai shahar markaziy kasalxonasiga yotqizilgan. Ularga kerakli tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
Bo`lib o`tgan xalokatga yuzasidan Tashqi ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi va "O'zbekiston havo yo'llari" milliy aviakompaniyasi hamda mahalliy diasporaning birgalikdagi harakatlari natijasida 2018 yil 3 avgust kuni soat 22:10 da "O'zbekiston havo yo'llari" Milliy aviakompaniyasining "Rostov-Toshkent" yo'nalishi bo'ylab uchayotgan samalyotida halok bo`lgan ikki fuqoroning jasadlarini o'z vataniga etkazishdi hamda dafn qilish uchun yaqinlariga topshirishdi.