FVV ogohlantiradi:
7 avgust kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 35-40*S issiq bo'ladi.

Yuk mashinasidagi yong‘in bartaraf etildi

Kecha, 6 iyul kuni Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Bulung‘ur tumani M-39 avtomobil' yo‘lida harakatlanib ketayotgan “VOLVA” rusumli yuk mashinasida yong‘in yuzaga kelganligi yuzasidan xabar kelib tushgan.
Ma'lum bo‘lishicha, uning yukxonasida 21800 kg miqdorda qurilish uchun mo‘ljallangan bo‘yoq mahsuloti bo‘lgan. Yong‘in kelib chiqishiga avtomashinaning orqa shinalarini yorilib ketishi sabab bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.
Xabarga ko‘ra, voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borgan viloyat FVBning yong‘in-qutqaruvchilari o‘z vaqtida yong‘inni bartaraf etgan.
FVV tizimi xodimlarining samarali harakatlari tufayli mashina salonidagi haydovchining hayoti saqlab qolindi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech