Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Yuk mashinasiga yordam ko‘rsatildi !

Kuni kecha, “Qamchiq” maxsus yong‘in qidiruv-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismiga kelib tushgan ma'lumotga ko‘ra, “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 234 km.da “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan “MAN” rusumli yuk avtomashinasi dovon hududida harakatlanish qoidalariga amal qilmasligi oqibatida yo‘l chetidagi xandaqqa (kyuvet) tushib ketgan.
Holat yuzasidan “Qamchiq” dovonidagi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimi xizmatlaridan jami 24 nafar xodimlar hamda 5 ta maxsus texnikalar jalb etildi.
Voqea joyiga yetib bogan avariya-qutqaruv maxsus texnikasi yordamida qutqaruvchilar tomonidan yuk mashinasi xavfsiz hududga evakuasiya qilindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech