FVV ogohlantiradi:
25 iyun kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi, mumkin. Harorat kechasi 16-21*S iliq, kunduzi 30-35*S issiq.

Yunusobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida kelib chiqqan yong‘in o‘z vaqtida bartaraf etildi

Bugun, 7 may kuni soat 09:13da Yunusobod tumani “Sevinch” MFYdagi ko‘p qavatli uylarning birida, xonadon balkonidagi uy jihozlarida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘indan uyning ushbu qismidagi 10 kv.m maydoni zararlangan. Hodisa yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhi zudlik bilan yetib borgan hamda qisqa fursatlarda yong‘in bartaraf etilgan. Qutqaruvchilarning sa'y-harakatlari natijasida uyning 60 kv.m. maydoni saqlab qolingan.

Ushbu holatning kelib chiqishiga yong‘in xavfsizlik qoidalariga rioya etilmaganligi sabab bo‘lgan. Hodisadan jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech