FVV ogohlantiradi:
21 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda Korakalpok, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida kor yomg'ir yog'ib tuman tushishi mumkin. Shamol garbdan 7-12 m/s (25-43 km/soat). Harorat 0-5 C iliq' bo'ladi.

Zarafshonda 3 yoshli qizcha qutqarib qolindi

Joriy yilning 30 noyabr kuni Navoiy viloyati Zarafshon shahrida joylashgan "Miraj-1" bog‘dorchilik dala hovlilarida yashovchi Lobar Mardova Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga qo‘ng‘iroq qilib, Vishnyova ko‘chasi 94 uyning orqa tomonidagi oqava suvlarini tortib olish uchun mo‘ljallangan 15 metr chuqurlikdagi o‘raga, 2016 yilda tug‘ilgan Dilnoza Maqsudova tushib ketganligini aytib uni chuqurdan olib chiqishda yordam so‘rab murojaat qildi.

Voqea joyiga Zarafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik T.Yeshmuratov boshchiligida leytenantlar R.Axmedov, U.Xusanovlar yetib borishgan va ular zudlik bilan chuqurlik atrofi hamda chuqurlikning tuproq devorlari mustahkamligi o‘rganib chiqishgan. Shundan so‘ng leytenant U.Xusanov arqon yordamida chuqurlikka tushirilgan va qizaloq arqon yordamida sog‘-salomat yuqoriga olib chiqilgan.

Ko‘zdan kechirilganda qizaloq sog‘-salomat ekanligi aniqlangan va unga psixologik yordam ko‘rsatilgan, shundan so‘ng qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazish uchun Zarafshon shaxar Tibbiyot birlashmasiga jo‘natilgan.

Hozirgi vaqtda qizaloq sog‘-salomat ota-onasi bag‘rida.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech