Avval xabar berganimizdek, bugun, 17-noyabr kuni internet ijtimoiy tarmoqlarida “Aytishlaricha Zarafshondagi Lolazor degan joyda tilla qumini kavlash paytida 40-50 kishini qum bosib qolgan. Lekin bu haqda hamma joyda skunat. Rasmiy munosabat kutib qolamiz” mazmunidagi xabar e'lon qilingan. Holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borildi va 40-50 kishining qum bosib qolganligiga oid ma'lumot o‘z isbotini topmadi. Aslida 2021-yil 13-noyabr kuni soat taxminan 22:00 larda Konimex tumani "Karakata" OFY hududida joylashgan Lolazor nomli cho‘l hududida bir guruh fuqaro tuproq tarkibidan tilla qumlarini kavlab olish bilan shug‘ullangan va kutilmaganda qum ostida qolgan. Oqibatda 4 nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumgan.
Surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Zarafshondagi holat yuzsidan rasmiy munosabat
- Qo'shildi: 17.11.2021
- Chop etish
- Ko'rishlar: 5813